Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yapon mehmonxonasi mushuk ijarasi sababli tanilib ketdi
Yaponiyadagi an'anaviy mehmonxona – rekanlardan biri mushukni ijaraga berish xizmati bilan tanilib ketdi.
Termal kurort Xakoneda joylashgan mehmonxonada bungacha “mushuk kafesi” bor bo‘lib, unda mushuklar bilan 1800 iyenga (15 dollar) o‘ynash mumkin bo‘lgan. Endilikda mehmonxona egalari ushbu bizneslarini kengaytirishga va mushukni soatiga 800 iyendan ijaraga berish xizmatini yo‘lga qo‘yishga qaror qilishdi.
Ushbu xizmat birgina Tokioning o‘zida Neko no Mise (Mushuk do‘koni) turidagi 150 kompaniya mavjud bo‘lgan Yaponiya uchun ham antiqa hisoblanadi. Bu kompaniyalar mushuk va boshqa jonzotlarni ijaraga beradi.
Mehmonxonada to‘xtaganlardan biri bu xizmat haqida maqtovli so‘zlarni yozgandan keyin mehmonxona mashhurlashib ketgan.
Natijada kam taniqli kichik mehmonxonaga sayyohlar tomonidan aqlbovar qilmas darajada talab tusha boshlagan. Mehmonxona saytida hattoki quyidagi mazmundagi e'lon paydo bo‘lgan: Iltimos, xodimlarimiz oz ekanini tushunasiz, deb umid qilamiz. Iyun va iyul bizda joylar to‘liq egallangan, joylar yo‘q, biroq avgust va sentabrga bir nechta bo‘sh xona bor. Va iltimos bizga tungi vaqt va erta tongda qo‘ng‘iroq qilishni bas qiling”.
Talabning oshishi mehmonxona egalariga narxlarni ko‘tarib yuborishga imkon bergan.
Mavzuga oid
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
10:08 / 26.12.2025
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
10:53 / 25.12.2025
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
19:14 / 21.12.2025