Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
As-Sisiy ikkinchi muddatga Misr prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi
Misr prezidenti etib ikkinchi muddatga saylangan Abdul Fattoh as-Sisiy Qohiradagi Misr parlamenti binosidagi tantanali marosimda yangi 4 yillik muddatga prezident lavozimini bajarishga kirishdi.
Marosim boshida parlament spikeri Milliy saylov komissiyasining prezident saylovlari natijalari haqidagi rezolyutsiyasini o‘qib eshittirdi. Saylovlarda As-Sisiy katta farq bilan g‘alaba qilgan.
O‘z navbatida As-Sisiy deputatlar oldida qasamyod keltirgan. Shundan keyin parlament hovlisida ushbu munosabat bilan zambarakdan 21 ta o‘q ovozi yangragan.
Misr prezidenti saylovlari mart oyida bo‘lib o‘tgandi. Unda amaldagi prezident As-Sisiy 97 foiz ovoz to‘plagan.
As-Sisiy navbatdagi prezidentlik muddatida sog‘liqni saqlash va ta'lim sohalariga ustuvor e'tibor berishini aytgan. U birinchi prezidentlik muddatida bir qator milliy loyihalarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lingani, infratuzilma yaxshilangani, ko‘p miqdorda ish o‘rni yaratilganini ta'kidlab o‘tgan.
As-Sisiy tashqi siyosat mavzusiga to‘xtalib, Qohira o‘z hamkorlari bilan munosabatlarni mustahkamlash, o‘zga mojarolarga aralashmaslik, davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishni davom ettirishini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026