Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada politsiya brigadasi bo‘lgan samolyot noma'lum kishilar tomonidan o‘qqa tutildi
Indoneziyaning Yangi Gvineya orolidagi Papua viloyatida kichik samolyot qurollangan kishilar tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda Jakarta Post nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea samolyot aeroportga qo‘nganidan keyin yuz bergan. Samolyotda 15 kishi, jumladan mahalliy saylovlarda xavfsizlikni ta'minlash uchun jalb qilingan mobil politsiya brigadasi bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, samolyotga hujum qilinishi oqibatida uchuvchi o‘qotar jarohatlar olgan.
Ayni vaqtda politsiya va xavfsizlik kuchlari bosqinchilarni qidirmoqda. Shuningdek, saylovlar hujum sababli keyinga qoldirilishi mumkin.
O‘z navbatida “Sinxua” axborot agentligining ma'lum qilishicha, hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, ekipajning 2 a'zosi yaralangan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026