Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Past Darg‘omda IIBning yangi binosi va ichki ishlar ta'mirlab bergan bog‘cha foydalanishga topshirildi
Samarqand viloyati, Past Darg‘om tumanida Ichki ishlar bo‘linmasining ma'muriy binosi yangidan qurib, foydalanish uchun topshirildi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat IIB matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani, Go‘zalkent qo‘rg‘onida Ichki ishlar bo‘linmasi uchun ma'muriy bino yangidan qurib foydalanishga topshirildi. Binoning ochilish marosimida viloyat va tumandagi rahbarlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Yangidan qurib bitkazilgan ichki ishlar bo‘linmasi hududdagi 26 ta mahallada istiqomat qiluvchi 90 ming 302 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatadi.
Binoning tashqi va ichki tomonlari, hududdagi asosiy chorrahalar, katta ko‘chalar zamonaviy rusumdagi raqamli videokuzatuv hamda qayd etish kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, bo‘linma navbatchilik qismida tunu-kun nazorat olib borish imkoniyati yaratildi.
Shu kuni Past Darg‘om tumanida ichki ishlar organlari tashabbusi bilan rekonstruksiya qilinib, qaytadan foydalanishga topshirilgan bolalar bog‘chasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Tumanning «Ilm» mahallasida joylashgan 51-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi qaytadan to‘liq rekonstruksiya qilinib va kapital ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Bolalar bog‘chasini rekonstruksiya va kapital ta'mirdan chiqarilishi viloyat ichki ishlar boshqarmasi, uning quyi tizimlari xodimlari hamda mahalliy hokimiyat tomonidan hashar yo‘li bilan amalga oshirildi.
Kapital ta'mirlashdan oldin mazkur bolalar bog‘chasida 60 nafar bola tarbiyalanayotgan bo‘lsa, qayta rekonstruksiya va kapital ta'mirlashdan so‘ng, ushbu bog‘cha 150 nafar bolaga tarbiya berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yangilangan bolalar bog‘chasining ochilishida viloyat hokimi T.Jo‘rayev, viloyat rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
MTMda tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy oshxona, bolalar sport maydonchasi, bolalar kutubxonasi, yozgi ayvonchalar hamda 150 o‘rinli yozgi sahna maydonchasi qurib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, bolalar bog‘chasining oshxonasi, bolalar uchun mo‘ljallangan har bir xona eng zamonaviy, yangi, yumshoq mebel, o‘yinchoqlar va boshqa inventarlar bilan to‘liq ta'minlandi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolajonlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida binoning barcha xonalari hamda hududi zamonaviy raqamli videokuzatuv hamda qayd etish kameralari bilan to‘liq jixozlangan.
Mavzuga oid
13:40 / 09.01.2026
Samarqandda 15 yoshli bola uylangani haqidagi video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025