Jahon | 07:56 / 02.06.2018
29760
3 daqiqa o‘qiladi

Putinning sobiq xotini «Moskva yaqinidagi Venetsiya»dan 8ta yer uchastkasini sotib oldi

Vladimir Putinning sobiq xotini Lyudmila Ocheretnaya (ikkinchi turmushidan keyin familiyasi o‘zgargan), 2016 yilda Moskva oblastidagi “Venetsiya” deb ataluvchi nufuzli posyolkadan ikki yarim gektar yer sotib olgan.

Foto: OCCRP

Bu haqda Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq qilish bo‘yicha Markaz surishtiruviga tayanib «Meduza» xabar berdi.

Rosreyestrdan olingan hujjatlarga ko‘ra, Ocheretnaya bir vaqtning o‘zida kanallardan biri bo‘yida joylashgan sakkizta uchastkani sotib olgan. Turli taxminlarga ko‘ra, ularning umumiy qiymati 384 mln.dan 432 mln. rublgacha. 

2013 yil yozida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning rafiqasi Lyudmila ajrashdi. Uch yil o‘tgach, prezidentning sobiq xotini ikkinchi marta turmushga chiqqani ma'lum bo‘ldi - o‘ziga yaqin notijorat jamg‘armasi rahbari Artur Ocheretniyga. Lyudmila Putina prezident bilan ajrashishdan avval juda kam yillik daromadga ega edi, biroq so‘nggi vaqtlarda u va unga yaqin bo‘lgan shaxslar Moskva oblasti hamda xorijdan yer va hashamatli ko‘chmas mulk sotib olishni boshladilar.

Foto: Aleksandr Zemlyanichenko/PAP

Lyudmila Putina nazoratida bo‘lgan «Shaxslararo kommunikatsiyalarni rivojlantirish markazi» 13 yil davomida 19-asrga tegishli dvoryanlar saroyiga egalik qilgan, uning qiymati qariyb 2,5 mlrd rubl. 2005 yilgacha bino prezident ishlari boshqarmasiga tegishli edi.

2010 yilda Ocheretniy markazga rahbar bo‘lgach, hashamatli uy oldida o‘sha yo‘nalishdagi to‘rt qavatli uy qurildi. Uylardagi ko‘plab binolar «Meridian» kompaniyasi tomonidan uzoq muddatli ijaraga olingan, u ularni subijarachilarga beradi. «Meridian»ga ega Lyudmila Shkrebneva (Putina-Ocheretnayaning qizlik familiyasi) egalik qiladi. «Meduza»ning yozishicha, kompaniya unga 2014 yilda, ajrashishdan so‘ng tekkan.

2016 yil yanvariga kelib, Ocheretnaya Moskva oblastida ikki gektar yer sotib olgan, «Meridian»ning sof foydasi ikki yil ichida 77,7 mln rublga teng edi - yerning narxidan besh-olti baravarga kam.

Ocheretnaya Moskva oblastidagi uchastkaga uzoq vaqt egalik qilmagan. 2017 yilning noyabrida u yerni «Farmsintez» kompaniyasi asoschisi Vikram Puniyaning rafiqasi Irina sotgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid