Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda birdaniga uch davlat elchilari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
2018 yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Kuvayt davlatining favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Al-Jiyron bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Kuvayt hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Shveytsariya Konfederatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Olive Shav bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, 2018 yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Vengriya favqulodda va muxtor elchisi Peter Santo bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston-Vengriya kun tartibidagi joriy va istiqbolli masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026