Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazo chorasini garov evaziga ozod qilishga o‘zgartirib berishga va'da qilib, 117 mln olgan shaxs ushlandi
Toshkent shahar IIBBga sudlangan shaxsning otasi murojaat qilib, advokatlar yordamida ozodlikdan mahrum etish chorasini boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishga va'da bergan tanishi ustidan shikoyat qildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, K.M.ning xatosi shundaki, u 2016 yilda jinoyat sodir etgani sabab javobgarlikka tortilgan o‘g‘lining ishi bo‘yicha shaxsan o‘zi tajribali advokatlarga murojaat qilish o‘rniga, tanishi X.O.ga ishongani bo‘lgan.
X.O. advokat tanishlari yordamida M.ning o‘g‘liga qo‘llanilgan jazo chorasini garov evaziga ozod qilish chorasiga o‘zgartirib berishga va'da bergan va buning uchun undan 117 million so‘m olgan. Biroq uning o‘g‘liga nisbatan qo‘llanilgan jazo chorasi o‘zgartirilmagan, X.O. olgan pullarini o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligini tan olgan.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan to‘plangan daliliy ashyo va ma'lumotlar asosida gumondor X.O. qo‘lga olinib, Bosh boshqarmaning Tergov bo‘limiga topshirildi va unga nisbatan firibgarlik jinoyati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026