22:04 / 03.06.2018
19009

Rossiya terma jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy tarkibi e'lon qilindi

Rossiya futbol ittifoqi Rossiya terma jamoasining o‘zi mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibini e'lon qildi.

Tarkibning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha.

Darvozabonlar: Igor Akinfeyev (TsSKA), Vladimir Gabulov («Bryugge», Belgiya), Andrey Lunev («Zenit»).

Himoyachilar: Vladimir Granat («Rubin»), Sergey Ignashevich (TsSKA), Fyodor Kudryashov («Rubin»), Ilya Kutepov («Spartak»), Andrey Semenov («Axmat»), Igor Smolnikov («Zenit»), Mario Fernandes (TsSKA).

Yarimhimochilar: Yuriy Gazinskiy («Krasnodar»), Aleksandr Golovin, Alan Dzagoyev (barchasi — TsSKA), Aleksandr Yeroxin, Yuriy Jirkov, Daler Kuzyayev (barchasi — «Zenit»), Roman Zobnin, Aleksandr Samedov (barchasi — «Spartak»), Anton Miranchuk («Lokomotiv»), Denis Cheryshev («Vilyarreal», Ispaniya).

Hujumchilar: Artyom Dzyuba («Arsenal», Tula), Aleksey Miranchuk («Lokomotiv»), Fyodor Smolov («Krasnodar»).

Kengaytirilgan ro‘yxatdan yakuniy tarkibga darvozabon Soslan Janayev, himoyachilar Roman Noyshtedter, Konstantin Raush, yarimhimoyachi Aleksandr Tashayev va hujumchi Fyodor Chalov kira olmadi.

Rossiya terma jamoasi «A» guruhida Saudiya Arabistoni, Misr va Urugvay terma jamoalari bilan uchrashadi.

Futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiyaning 11 ta shahridagi 12 ta stadionda o‘tkaziladi. Turnirning o‘yinlari Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Yekaterinburg va Sochi shaharlarida tashkillashtiriladi.

Top