DANIYa

  • FIFA reytingidagi örni — 10
  • Yevro-2020ga yöl — 4 ğalaba, 4 durang, 0 mağlubiyat, töplar nisbati — 23-6
  • Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar — Kristian Eriksen (5 gol)
  • Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi — ğoliblik (1992)

Daniya boş murabbiyi
2020 yil 1 avgustida terma jamoa boşqaruviga avval Germaniyaning «Mayns» klubida işlagan Kasper Hyulmann keladi. U 2011/12 yilgi mavsumda Daniya çempionatida «Norşellan» klubi bilan muvaffaqiyatga erişib, çempion bölgandi.

Uning boşqaruvida terma jamoa Millatlar ligasida yomon iştirok etmadi, qöşimça körsatkiçlar böyiça Angliyani ortda qoldirib, A divizionda qoldi. Hyulmann davrida ötkazilgan 10 öyinda faqat ikki bor mağlub bölindi (ikki safar ham — Belgiyaga), mart oyida JÇ-2022 saralaş turniridagi uç uçraşuvda ham ğalabaga erişildi - 14:0.

Asosiy yulduzlar
Daniyaliklar ansablida birinçi raqamli skripkaçi rolida Kristian Eriksen. «Inter»da moslaşiş davridagi bir neça oylik qiyinçiliklardan keyin uşbu yarimhimoyaçi baribir Antonio Konte tizimidan joy topa oldi va jamoa çempionligiga hissa qöşdi. 29 yoşigaça Eriksen milliy jamoa safida 136 öyinda iştirok etişga ulgurdi va jamoa tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida 7-örinda joylaşgan (36 gol). Yakunlangan mavsumda Eriksen — Italiya çempionatida muhim uzatmalar soni böyiça yetakçi böldi (har öyinda örtaça 2,36). Uning aqlli öyini guruhdagi raqiblarga muammo tuğdirişi tabiiy.

Tarkib
Darvozada odatdagidek Şmeyxel, markaziy himoyada Kristensen — Ker juftligi, tayanç zonasidan Heyberg joy egallaydi, hujumkor havbeklar uçligi Breytueyt — Eriksen — Poulsen.

Taxminiy boşlanğiç tarkib: Şmeyxel – Kristiansen, Ker, Vass, Mexle – Heyberg, Dileyni – Breytueyt, Eriksen, Poulsen – Vinn.

Daniya: Yevro-2020 uçun prognoz
Daniya termasida kiçik imtiyoz bor: ular guruhdagi uç öyinni ham uyda, Kopenhagenda ötkazişadi. Tribunalarga minglab fanatlarning qaytişi jamoaga katta yordam bölişi mumkin. Guruhda daniyaliklar pley-offga töğridan töğri yöllanma uçun Rossiya bilan raqobatlaşadi — Belgiyaga raqobat tuğdiriş uçun Hyulmann şogirdlari ança kuçsizlik qiladi.