Jamiyat | 12:52 / 04.06.2018
7356
3 daqiqa o‘qiladi

Air Time – havo xushbo‘ylashtirgichlari yerdan to samolyotlargacha siz bilan

Havo xushbo‘ylashtirgichlar bugun kundalik turmushimizda tobora ommalashmoqda. Ular kirib bormagan uy yoki ofislar qolmadi hisob. Zamonaviy texnologiyalar yordamida turli ishlab chiqaruvchilar istalgan hidni taratuvchi vositalarni yaratmoqdalar.

Foto: Air Time

Yurtimizda ko‘p yillik faoliyat tajribasiga ega brend – Air Time o‘zining havo musaffolashtirgichlarini taqdim etadi. Kompaniya keng assortiment va sinalgan sifatli mahsulotlarini respublikamizning barcha hududlari hamda qo‘shni respublikalarga ham yetkazib bermoqda.

Mahsulot sifatini aniqlash uchun uning mijozlari kimligiga, kimlar foydalanishiga e'tibor qaratish kifoya. Air Time kompaniyasining mijozlari orasida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK kabi nufuzli tashkilotlar ham borligi uning mahsulotlari yuqori sifatidan darak beradi. Samolyotlar bortlarida ham aynan Air Time havo xushbo‘ylashtirgichlaridan foydalaniladi.

Foto: Air Time
Foto: Air Time

Yoqimli hid kishining kayfiyatini ko‘taradi va uning psixoemotsional charchoqlarni ham chiqarishga ko‘maklashadi. 100% tabiiy komponentlar, oson sepilish imkoniyati, musaffo havo va uzoq saqlanib qoluvchi xushbo‘y hid kabi 4 xil sifat (20 turdan ortiq iforlar jamlanmasi) aynan Air Time brendi mahsulotlariga tegishlidir. Havo xushbo‘ylashtirgichlari noxush hidlarni bartaraf etishi bilan birga uzoq vaqt davomida uyingiz yoki ofisingizda soflik muhitini yaratishga ham ko‘mak beradi.

O‘zbekiston bozorlarida birinchilardan bo‘lib havo xushbo‘ylashtirgichlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan Air Time mahsulotlarining turli assortimentga egaligi istalgan did egasi o‘ziga manzur keluvchi hidni topa olishiga yordam beradi. Ular dengiz va musaffolikni beruvchi arktika, okean ifori, tuli ekzotik mevalar, tabiat va o‘nlab gullarning muattar hidi, shuningdek, qahva va parfyum hidlari hamda «anti tobacco» xushbo‘ylashtiruvchilari eng nozik did egalarining ham ko‘nglini topadi.

Foto: Air Time
Foto: Air Time

Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Yunusobod QFY, Karvon yo‘li ko‘chasi, 28-A uy

Murojaat uchun telefonlar:

Mahsulotlarimiz haqida batafsil ma'lumotlarni airtime.uz saytida topish mumkin. Shuningdek, Facebook va Instagram sahifalarimizni kuzatib borib, turli aksiyalarimiz hamda yangiliklarimizdan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid