Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA va Saudiya Arabistoni AQShdan harbiy yordam so‘radi - OAV
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Saudiya Arabistoni AQShga Yamandagi Xodayda portini husiylarning «Ansar Alloh» guruhidan ozod etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam taqdim etish borasida murojaat yo‘lladi. Bu haqda The Wall Street Journal manbaga asosan xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Abu-Dabi va Ar-Riyod bu port shahri ta'minoti Yamanda istiqomat qiluvchi 29 mln insonning hayotiga bevosita bog‘liq ekanini aytmoqda. Ularning fikricha, AQShning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlovisiz ular Xodaydani ozod qilish bo‘yicha amaliyotni o‘tkaza olmaydi.
Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti ma'muriyati yakuniy qarorni hali qabul qilmadi, sababi shaharga yaqin yerdagi jangovar harakatlar nazoratdan chiqib ketishi mumkin ekanidan xavfsiramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Qatarga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026