Saudiya Arabistoni Qatarga qarşi harbiy amaliyot ötkazişi mumkin, bu Doha Moskvadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qiladigan bölsa, yuz beradi. Bu haqda Le Monde xabar qilmoqda.
Naşr ma'lumotiga köra, Saudiya Arabistoni hukumati Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tegişli bayonot bitilgan maktub yöllagan.
Hujjatda Ar-Riyod Rossiya va Qatarning muzokaralaridan taşvişda ekani aytiladi. Ta'kidlanişiça, S-400 örnatilişi Saudiya Arabistoni havo hududi xavfsizligini buzadi va mintaqadagi keskinlikning ortişiga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiyaning «ğoyib bölgan» valiahd şahzodasi haqida xabar paydo bölgandi.












