22:49 / 04.06.2018
3544

Iordaniya bosh vaziri iste'foga chiqdi

Foto: Flickr

Iordaniya bosh vaziri Xani al-Mulkiy qirol Abdulloh II bilan uchrashgandan keyin iste'foga chiqdi. Bu haqda “Al-Jazira” telekanali xabar bermoqda.  

Bosh vazir narxlar oshishi va daromad solig‘i islohotlariga qarshi norozilik namoyishlari yuz berayotgani bilan bog‘liq iste'foga chiqqan. Namoyishchilar soliq islohoti qirollikning nochor aholisi va o‘rta sinfiga salbiy ta'sir qiladi, deb hisoblamoqdalar.

Telekanal manbalarining ma'lum qilishicha, bosh vazir iste'fosi norozilik namoyishlariga barham berish maqsadida qabul qilingan.  

Top