Jamiyat | 21:10 / 04.06.2018
34007
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida “bedarak yo‘qolgan” shaxsning jasadi o‘z uyidan topildi

2017 yil 19 sentabrda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2017 yil 16 sentabr kuni birga yashagan turmush o‘rtog‘i H.A. uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida  marhum H.A.ning uyida yollanib ishlagan Bo‘stonliq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan B.S. erini bedarak yo‘qolganligi haqida ariza bergan uy bekasi Z.A. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2017 yil 17 sentabr kuni marhum H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida B.S. uning boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldirib, Z.A. bilan birgalikda jasadni uyi hovlisiga ko‘mib yuborganliklari aniqlangan. 

B.S. va Z.A. ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda MFY rais kotibi 24 yoshli qizning qotilligida gumonlanib ushlangan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid