Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sobiq mudofaa vaziri vafot etdi
AQSh Mudofaa vazirligi sobiq rahbari Frenk Karluchchi 88 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Pentagon saytida xabar berilgan.
Ta'kidlanishicha, AQSh amaldagi mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Karluchchining vafoti munosabati bilan o‘z ta'ziyasini izhor etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Karluchchi Mudofaa vazirligi rahbari bo‘lishidan avval, AQSh harbiy-dengiz kuchlari leytenantidan MRB direktori o‘rinbosariga qadar bo‘lgan «og‘ir yo‘lni» bosib o‘tdi. Shuningdek, u AQSh mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangunga qadar harbiy mahkamada qator boshqa lavozimlarni egallagan.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Karluchchi AQSh mudofaa vaziri lavozimida 1987 yilda, «sovuq urush oxirlarida» ish boshlagan.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026