11:00 / 05.06.2018
29955

Zidan «Real»dan Peres bilan ziddiyat tufayli ketgan

© Gonzalo Arroyo Moreno / Getty Images

Zinedin Zidan «Real» bosh murabbiyligidan jamoa prezidenti Florentino Peres bilan ziddiyat tufayli iste'foga chiqqan.

Mirror nashri xabariga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassis Peresdan «Chelsi»ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azarni transfer qilishni so‘ragan, ammo, «Real» xo‘jayini Zidanga yo‘q degan.

Qo‘shimchasiga Peres Zidanga «Manchester Yunayted»dan Davida de Xeani transfer qilish rejasi haqida gapirgan, ammo fransuz Keylor Navas tufayli bu rejaga qarshi bo‘lgan.

2016 yilning yanvarida Zidan «Real»da Rafael Benites o‘rniga vaqtincha bosh murabbiy bo‘lgandi. Keyingi 2,5 yil ichida «Real» uning boshchiligida Ispaniya chempioni, Ispaniya Superkubogi sohibi, uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi, UYeFA Superkubogi g‘olibi (2 marta) va klublar o‘rtasidagi chempionat g‘olibi (2 marta) bo‘lishga erishdi. «Qirollik klubi» Zidan bilan birga jami 9ta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘tgan haftada esa fransiyalik mutaxassis kutilmaganda iste'fo berdi. Bu Florentino Peres davrida murabbiy o‘z xohishiga ko‘ra ilk marta iste'foga ketishi bo‘ldi.

Zidan Qatar terma jamoasini 2022 yilgi jahon chempionatiga tayyorlashi haqida xabarlar tarqalgan.

Top