Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda Koreya Respublikasi va Yaponiya elchilari bilan muzokara o‘tkazildi
2018 yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida hamkorlikning turli sohalaridagi O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlarining dolzarb masalalariga asosiy e'tibor qaratildi.
Shuningdek, 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning qator masalalari muhokama qilindi, O‘zbekiston-Yaponiya muloqotini faollashtirishning amaliy masalalari, jumladan bo‘lajak qo‘shma tadbirlar va tashriflar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026