Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimi Turkiyada, 10ta kelishuvga erishildi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev boshchiligidagi delegatsiyasi 1-2 iyun kunlari Turkiyada bo‘ldi.
Tashrif jarayonida Turkiyadagi 20 dan ortiq kompaniyalar vakillari bilan uchrashib, iqtisodiyotning turli sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi umumiy qiymati 18,3 mln dollar bo‘lgan 10ta loyiha kelishildi.
Istambul meri Mevlyut Uysal bilan uchrashuv chog‘ida, u Turkiya ishbilarmonlarining delegatsiyasini viloyatda istiqbolli yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilish borasida tashrifini tashkillashtirishni tayyorligini bildirdi.
Shu bilan birgalikda, viloyatda mevalarni saralash va qadoqlashga mo‘ljallangan zamonaviy majmuani barpo etish (“Snanli”, 10 mln. doll.) hamda kir yuvish va xushbo‘y tozalash vositalari (“ABC Deterjan”, 2 mln. doll.), isitish radiatorlari (“Sunform”, 1 mln. doll.), qadoqlash materiallari (Tam Ambalaj, 1 mln. doll.), qadoqlash buyoqlari (“Sky chemical”, 500 ming doll.), fittinglar (“Chevtash” 300 ming doll.), qishloq xo‘jaligida ekologik yuk tashuvchi kichik mashinalar (“Kutlu ata makina”, 500 ming doll.) hamda un va qandolat (“Alapala”, 3 mln. doll.)ni ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish belgilab olindi. Bundan tashqari “Badanli Fidanchilik” kompaniyasi tomonidan Kitob tumanida igna bargli, dekorativ daraxt ko‘chatlarini ekishga kelishib olindi.
Shuningdek, Denizli va Izmir shahriga tashrif qilinib, mazkur hududda 1500 metrdan chuqurlikdan chiqayotgan issiq 80-90 gradusli ma'danli (geyzer) suvda ishlaydigan issiqxonalar bilan tanishildi, hosildorlik an'anaviy issiqxonalar kabi 1 gektarga (misol uchun pomidor) o‘rtacha 250-300 tonnani tashkil qilmoqda, isitishda sarflanadigan xarajat 2 barobarga kamayadi. Mazkur issiqxona texnologiyasini Koson tumanlarida tegishli loyihani amalga oshirishni kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
09:35 / 08.07.2026