Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Ko‘ngil poytaxti” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorligida yosh shoir Jo‘rabek Jahonning “Ko‘ngil poytaxti” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosh muharriri Ilhom Zoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adabiyotshunos Suvon Meli, adabiyotshunos olim Abdulla Ulug‘ov, filologiya fanlari doktori, professor Abdulhay Sobirov, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov va boshqalar so‘zga chiqib, ulug‘ ustozlarning yo‘lini munosib davom ettirishga intilayotgan shoir Jo‘rabek Jahon timsolida she'riyatda yana bir yangi iste'dod, yangi ovoz bo‘y ko‘rsatayotganini ta'kidladilar.
Jo‘rabek Jahon milliy adabiyotimizga Shukur Xolmirzayev, Tog‘ay Murod, Usmon Azim, Erkin A'zam singari ustoz adiblarni voyaga yetkazgan Surxon vohasidandir. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Tuyg‘ular shaharchasi” nomli kitobi chop etilgan.
“Ko‘ngil poytaxti” shoirning ikkinchi kitobi bo‘lib, unda “Bir she'r dardi qiynadi yomon” deya yuragini g‘ijimlab, qo‘liga qalam tutgan shoirning Vatanga, yurtga, so‘zga, adabiyotga, she'riyatga, yaqinlariga, do‘st-birodarlariga bo‘lgan muhabbati, sog‘inchini ifodalovchi yangi she'rlari jamlangan.
Mavzuga oid
13:59
Toshkentdagi avtobuslarda bugundan boshlab konditsionerlar yoqilmoqda
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
11:15 / 06.05.2026
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi
07:58 / 06.05.2026