Jahon | 08:00 / 07.06.2018
3491
1 daqiqa o‘qiladi

Adan ko‘rfazini kechib o‘tish vaqtida 46 muhojir halok bo‘ldi

Foto: AFP

6 iyunda Adan ko‘rfazini kechib o‘tish vaqtida efiopiyalik 46 muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti matbuot kotibi Leonard Doyl ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, 37 erkak va 9 ayol cho‘kib ketgan. Yana 16 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, biroq ular ham halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Ta'kidlanishicha, 6 iyun ertalab Somalidagi Bosaso portida kontrabandachilar qayig‘iga kamida 100 nafar efiopiyalik muhojir o‘tirgan. Ular Yamanga ish izlagani bormoqchi bo‘lganlar.

Omon qolganlarning aytishicha, qutqaruv jiletisiz bo‘lgan odamlar sohil yaqinida qayiqqa katta to‘lqin kelib urilganda vahima ko‘tarishgan.

Xalqaro migratsiya tashkiloti statistikasiga ko‘ra, Afrika shoxi hududidan 7 mingdan ko‘proq muhojir har oy Adan ko‘rfazini kechib o‘tishga harakat qiladi. 2017 yilda bunday urinishni 100 mingga yaqin odam amalga oshirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid