19:40 / 07.06.2018
10531

Qozog‘iston bilan bir yo‘ldan ketishga tayyormiz - Tszinpin Nazarboyevga

Foto: Tengrinews.kz

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz. 

Pekinda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha qator hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda.

"Biz Qozog‘iston bilan insoniyatning yagona taqdirini qurish yo‘lidan birgalikda borishga tayyormiz. Men Siz bilan Xitoy-Qozog‘iston katta do‘stlik kemasini birgalikda boshqarishga tayyorman", - deya ma'lum qildi Si Tszinpin. 

O‘z navbatida, Qozog‘iston prezidenti ham Xitoy yetakchisiga minnatdorlik bildirdi.

"Men Xitoyga har doim o‘zgacha hayajon bilan kelaman, sababi Siz bilan uchrashishdan, Sizning do‘stligingizdan va menga ishonchingizdan xursand bo‘laman. Bu davlat tashrifini amalga oshirish uchun taklifdan minnatdorman. Sizning iliq va samimiy qabulingizdan juda ko‘nglim ko‘tarildi. Agar eslasangiz, sizga SSSR qanday parchalangani haqida gapirgandim. Agarda yana bir marta qaralsa, partiya rolining oshishi Xitoy sharoitida - bu juda muhim. Men, tajribali siyosatchi sifatida, sizni chin yurakdan qo‘llab-quvvatlayman. Bu juda to‘g‘ri”, - dedi Nazarboyev.

Top