Sport | 11:43 / 07.06.2018
35303
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu o‘zi va Messining o‘rnini egallaydigan futbolchilarni ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi va «Barselona» hamda Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messining o‘rniga keladigan futbolchilar nomini aytdi.

«Keyingi avlodga keladigan bo‘lsak, o‘ylashimcha, Marko Asensioda katta salohiyat bor. Juda katta salohiyatga ega, eng yaxshi futbolchilarga aylanishi mumkin bo‘lgan o‘n yoki 15 nafar futbolchi bor. Ular: Neymar, Kilian Mbappe, Usmon Dembele, Markus Reshford yoki Eden Azar bo‘lishi mumkin», - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Mavzuga oid