Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi turistik tashkilotlarga jamoatchilik kengashi tuzishni taklif qildi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov turizm sub'yektlari - APTA vakillari va uning quyi nodavlat-notijorat tashkilotlari (NNT) bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qo‘mita matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.
Tadbirda sayyohlarning oqimini oshirish, turizm sohasini rivojlantirish masalalari norasmiy muhitda muhokama qilindi va kelajakda amalga oshiriladigan harakatlar rejalashtirildi.

Qo‘mita raisi turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub'yektlarga jamoatchilik kengashi tuzishni taklif qildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - qo‘mita va qo‘mita orasida samarali aloqa o‘rnatish. Yig‘ilish qatnashchilariga shuningdek yangi tashkilot raisini ovoz berish yo‘li bilan saylash taklif qilindi.
Ta'kidlash joizki, tadbirda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini tuzishda inobatga olinishi qayd etildi.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
23:09 / 28.04.2026