Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari nimalar uchun ishlatiladi?
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida «O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi Avtomobil transporti agentligi buyrug‘i loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi haqidagi nizomga ko‘ra, jamg‘arma “O‘zavtotrans” agentligida (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil etiladi. Jamg‘arma mablag‘lari, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar faqat yuridik shaxslarga ajratilishi mumkin.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllanadi:
avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar va yuk tashishlarini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalar
va ularning amal qilish muddatini uzaytirish uchun to‘lanadigan davlat boji mablag‘larining 100 foizi;
Agentlikning hududiy boshqarmalari inspektorlari tomonidan tuzilgan avtomobil tashishlari sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar haqida bayonnomalar bo‘yicha undiriladigan jarimalar miqdoridan 84 foizi;
Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan xalqaro moliya institutlari, horijiy davlat tashkilotlari va boshqa donorlar kreditlari (zaymlari) va grantlari;
Davlat va xususiy hamkorlik doirasidagi xususiy investitsiyalar hamda qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi Agentlikning maxsus shaxsiy g‘azna hisob varag‘ida jamlanib boriladi.
Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar va yuk tashishlarini amalga oshirishga litsenziyalar berish va ularning muddatini uzaytirish uchun to‘lanadigan davlat boji hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari inspektorlari tomonidan tuzilgan avtomobil tashishlari sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar haqida bayonnomalar bo‘yicha undiriladigan jarimalar mablag‘lari har kuni Jamg‘armaga o‘tkaziladi.
Jamg‘arma mablag‘lari ilmiy-tadqiqot ishlari, yo‘lovchi avtovokzallari
va avtostansiyalari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi yo‘nalishlari oraliq bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash bo‘yicha dasturlar, avtotransport vositalarini xarid qilish va avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, Agentlikni saqlashni moliyalashtirish maqsadlari uchun foydalaniladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish va moliyalashtirish maqsadida, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun ishlatiladi:
ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlariga;
obektni qurilish, muhandislik kommunikatsiyalar uchun tayyorlash, yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari qaramog‘idagi umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini (bundan buyon-infratuzilma obektlari) qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashga;
avtotransport vositalarini xarid qilishga (shu jumladan, tashuvchilarga avtotransport vositalarini xarid qilish uchun zaymlar, ssudalar berishga);
avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga;
Agentlikni ta'minlash hamda Agentlikning ixtisoslashtirilgan kompaniyalari tomonidan jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish va ular bo‘yicha foizlar
va komissiyalarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026