Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Globalizatsiyadan foyda ko‘rgan mamlakatlar ma'lum bo‘ldi
1990 - 2016 yillarda yuz bergan globalizatsiya jarayonidan Shveytsariya, Yaponiya va Finlyandiya eng ko‘p foyda ko‘rgan. Bertelsmann fondi tadqiqotlari natijasi shundan dalolat bermoqda.
Globalizatsiyaning mamlakat uchun qanchalik foydali ekanini aniqlash maqsadida ekspertlar globalizatsiya indeksini hisoblab chiqdilar, so‘ngra unga qo‘shimcha ravishda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzatishlarni qo‘lladilar.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, globalizatsiyadan eng ko‘p foydani Shveytsariya aholisi olgan. 1990-2016 yillar davomida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM yiliga 1900 yevroga ko‘paygan. Mamlakat bu davr mobaynida har bir fuqarosi uchun 49,7 ming yevro ishlab olgan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Shveytsariyani «globalizatsiya chempioni» deb bemalol aytish mumkin.
Yaponiyaning bu boradagi ko‘rsatkichlari biroz pastroq. 1990-2016 yillarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM yiliga 1500 yevroga ko‘paygan. Bu esa har bir fuqaro uchun 39 ming yevroni tashkil qiladi.
Uchinchi o‘rinni Finlyandiya egallab turibdi. 26 yil ichida mamlakatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM yiliga 1400 yevroga ko‘paygan. Bu esa har bir fuqaro uchun 36 ming yevroni tashkil qiladi. Keyingi o‘rinlarni Irlandiya (1200 yevro va 32 ming yevro), Isroil (1100 yevro va 30 ming yevro) va Germaniya (1100 yevro va 29 ming yevro) egallab turibdi.
Rossiya 42ta mamlakat ichida 39-o‘rinda boryapti. Bunga sabab - mamlakat iqtisodiyotining xalqaro hamjamiyat bilan juda past darajada integratsiyalashganidir. 26 yil ichida Rossiyada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM yiliga 115 yevroga ko‘paygan. Bu esa har bir fuqaro uchun 3 ming yevroni tashkil qiladi.
Tadqiqotlar jarayonida jami 42ta mamlakat iqtisodiyoti tahlil qilindi. Bu davlatlarning ko‘rsatkichlari dunyo YaIMning 90%ni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:43 / 11.06.2026