Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikaraguadagi norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 135 nafarga yetdi
Nikaraguada davom etayotgan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 135 nafarga yetdi. Bu haqda Prensa Libre portali ma'lum qildi.
Avvalroq 127 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan.
7 iyunda Nikaragua prezidenti Daniel Ortega mamlakatning Yepiskop konferensiyasi a'zolari bilan uchrashib, ularning mamlakatni demokratlashtirish bo‘yicha taklifini o‘ylab ko‘rish uchun ikki kunlik muhlat olgan.
Nikaraguadagi namoyishlar hukumat taklif qilgan islohotlar sababli 18 apreldan davom etmoqda. Islohotlarda ish beruvchilar va ishchilarning ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalariga to‘lovlari qiymatini oshirish taklif qilingan. Prezident bu islohotlarni bekor qilgan. May oxirida Nikaragua Yepiskop konferensiyasi tinchlik bo‘yicha milliy muloqotning tiklanishi bekor qilinishini e'lon qildi. Ruhoniylarning aytishicha, hukumat tinchlik namoyishlari bilan chiqayotgan xalqqa nisbatan qatag‘onlarni bas qilmaguncha muloqot qayta boshlanmaydi.
Mavzuga oid
14:13 / 02.03.2026
Pokistonda AQSh va Isroilga qarshi namoyishlar: 23 kishi halok bo‘ldi
17:47 / 22.02.2026
Eronda talabalar hukumatga qarshi yangi namoyishlar uyushtirdi
11:52 / 18.02.2026
Eronda yana hukumatga qarshi chiqishlar bo‘lib o‘tdi
16:27 / 02.02.2026