«Oddiy tasodif» filmi ssenariysi mualliflaridan biri Mehdi Mahmudiyon Tehronda hibsga olindi. Bu haqda Associated Press va The New York Times naşrlari qarorgohi AQŞda joylaşgan Human Righs Activiss News Agency huquq taşkilotiga asoslanib xabar tarqatdi.

Mehdi Mahmudiyon

Film ijodkorlariga köra, Mahmudiyon 31 yanvar kuni qölga olingan. Unga aynan qanday ayblov e’lon qilingani ma’lum emas. BBC Persian ma’lumotiga köra, Mahmudiyon hibsga olingani haqida xabar beriş uçun advokati bilan gaplaşişga va oilasi bilan boğlanişga muvaffaq bölgan, ammo u hozir aynan qayerdaligiga aniqlik kiritilmagan.

28 yanvar kuni Mahmudiyon va yana 16 kişi Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy namoyişlar kuç bilan bostirilgani uçun qoralangan bayonotga imzo çekkandi. AP xabariga köra, imzo qöyganlardan yana ikki nafari hibsga olingan.

«Oddiy tasodif» filmi rejissyori, hozirda xorijga çiqib ketgan Ja’far Panahiy Mahmudiyonni qöllab-quvvatlab bayonot bergan. «Mehdi Mahmudiyon – şunçaki inson huquqlari himoyaçisi va vijdon mahbusi emas; u guvoh, tinglovçi va nodir axloq namunasi – qamoqxona devorlari içida ham, taşqarisida ham yöqligi darhol seziladigan inson», – deydi u.

Ja’far Panahiy Kann kinofestivalining qizil gilamli yölagida. 2025 yil 20 may
Stephane Mahe / Reuters / Scanpix / LETA

Eronlik rejissyor Ja’far Panahiy «Oddiy tasodif» filmi dunyo prokatiga 2025 yil mayida çiqqandi – bu uning qamoqdan çiqqanidan keyingi ilk kartinasi bölgandi, u  «tizimga qarşi tarğibot»da ayblanib qamalgandi. Eronda uşbu film namoyişi taqiqlangan. Film syujyeti eronlik sobiq siyosiy mahbusning keçinmalari haqida hikoya qiladi, u ozodlikka çiqqanidan keyin öziga yomonlik qilganlarni uçratadi va ulardan qasos olişga qaror qiladi.

2025 yilda «Oddiy tasodif» filmi Kann kinofestivalida «Oltin palma yaproği» mukofotini qölga kiritdi. Kartina ikki nominatsiyada — «Eng yaxşi ssenariy» va «Xorijiy tildagi eng yaxşi film» yönalişlarida «Oskar»ga ham nomzod sifatida körsatilgan.