Yakşanba kuni Pokiston va Iroqda AQŞ-Isroilning Erondagi bombardimon amaliyotiga qarşi namoyişlar zöravonlikka aylanib ketdi. Eronning şarqiy va ğarbiy qöşnilari bölgan Pokiston va Iroq Erondan keyin dunyodagi eng köp şia musulmonlari yaşaydigan davlatlar bölib, AQŞ-Isroil hujumlaridan ğazablangan olomonning eng şiddatli tartibsizliklari maydoniga aylandi.

Karaçidagi namoyişlar / Foto: Reuters

Xususan, Karaçidagi namoyişçilar AQŞ konsulligi oldida «Amerika va Isroilga ölim!» deya hayqirişgan. Reuters muxbirlari u yerda öq ovozlari eşitilgani va atrofdagi köçalarda közdan yoş oqizuvçi gaz qöllanganiga guvoh bölgan.

Karaçidagi namoyişçilar AQŞ konsulligiga kirişga urinmoqda / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Mahalliy hukumat vakili Suxdev Xemnanining aytişiça, konsullik xavfsizlik xodimlari taşqi xavfsizlik qatlamini buzib kirgan va keyinçalik orqaga qaytarilgan olomonga qarata öt oçgan. Oqibatda 10 kişi halok bölgan, yana 34 kişi jarohatlangan.

Karaçidagi AQŞ konsulligi / Foto: AFP

Namoyişçilar, şuningdek, asosiy darvoza oldida bir transport vositasiga öt qöygan va politsiya bilan töqnaşgan.

Karaçidagi fuqarolik kasalxonasi barça halok bölganlar va yaradorlar öq tegişi natijasida jabrlanganini bildirdi. Sind provinsiyasi hukumati suriştiruv ötkazişni buyurdi.

Karaçidagi namoyişlar / Foto: Reuters

«Biz konsullik rasmiylari bilan doimiy aloqadamiz. Ularning barçasi xavfsiz joyda», - deya qöşimça qildi Xemnani.

AQŞning Islomoboddagi elçixonasi namoyişlar haqidagi xabarlarni kuzatib borayotganini ma’lum qildi. Şuningdek, AQŞ fuqarolariga şaxsiy xavfsizlik çoralariga qat’iy rioya qilişni tavsiya etdi.