Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Xitoy yadroviy sohada hamkorlikka doir rekord darajadagi kelishuvlar paketini imzoladi
8 iyun kuni Pekinda Rossiya va Xitoy o‘rtasida yaqin o‘n yillik uchun atom energetikasi sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi strategik hujjatlar paketi imzolandi. Tantanali imzolash marosimi Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin o‘rtasidagi uchrashuv doirasida bo‘lib o‘tdi.
"Rosatom" korporatsiyasi aloqalar departamentining ma'lum qilishicha, mazkur kelishuvlar paketi Rossiya-Xitoy yadroviy soha hamkorligi tarixidagi eng yirigi hisoblanadi. Paketning o‘ziga xosligi shundaki, u jahon atom sohasida muqobili bo‘lmagan biryo‘la bir necha yuqori texnologik loyihalarga doir hamkorlikni ko‘zda tutadi.
Hujjatlarning imzolanishi Rossiya va Xitoy hamkorlik loyihalarining keng ko‘lamli dasturiga start beradi. Bular:
- "Tyanvan" AES maydonida yangi bloklarni qurish;
- Xitoydagi yangi maydonda Rossiya dizaynidagi seriyali AES qurilishi;
- Xitoyda tezkor neytronlardagi namoyish reaktorini (CFR600) qurishga doir hamkorlik;
- Rossiya radionuklid issiqlik bloklari partiyasini yetkazib berish.
Foto:Aleksey Lixachyov-Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktori
"Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov bu borada shunday deydi: "Bugungi kunda Rossiya va Xitoy jahon atom energetikasi yetakchilari hisoblanadi. Imzolangan kelishuvlar xitoylik do‘stlarimiz bilan hamkorlik munosabatlarining yaqqol tasdig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Shuni ta'kidlash joizki, uzoq muddatli hamkorlik davomida biz o‘zaro yuqori darajadagi ishonchli aloqalarni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldik".
Mavzuga oid
11:22
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55
Rossiyada benzin sotuviga cheklovlar kengaymoqda
22:50 / 22.06.2026