Jahon | 00:41 / 10.06.2018
5435
2 daqiqa o‘qiladi

Bill Geyts AQShning har bir kollej bitiruvchisiga kitob sovg‘a qiladigan bo‘ldi

Foto: Getty Images

2018 yilda AQShdagi kollejlarni bitirayotgan talaba Gans Roslingning “Faktologiklik” kitobini yuklab olish imkoniga ega bo‘ladi. Bunday tashabbusni Microsoft hamasoschisi, dunyoning 2-raqamli boy odami Bill Geyts bildirdi. 

Rosling shvetsiyalik shifokor va xalqaro sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha professor bo‘lib, uning kitobi aprelda nashr etilgan. Unda muallif dunyo biz o‘ylagandan ancha yaxshiroq ekanligi haqida so‘zlagan. Geytsning o‘zi esa bu kitobni “o‘qigan kitoblari ichida eng ahamiyatlaridan biri” va “olam haqida o‘ylab ko‘rish uchun tengi yo‘q qo‘llanma” deb atagan. 

Kitobning bepul elektron versiyasini 4 mlnga yaqin bitiruvchi yuklab olishi mumkin.

Geytsning aytishicha, bu kitobni har bir kishi va ayniqsa, kollejni bitirib hayotining keyingi bosqichiga o‘tayotganlar o‘qishi foydalidir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid