Kim Chen In Singapurga qaysi davlat samolyotida qo‘ndi?
Kim Chen In Singapur aeroportiga Air China Boeing 747 samolyotida keldi, deyiladi The Straits Times nashrida. So‘nggi lahzalargacha KXDR yetakchisining Singapurga aynan qaysi samolyotda kelishi aniq bo‘lmagan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bu haqidagi aniq ma'lumotlar sir saqlangan.
Yaponiya OAVda Kim Chen Inning Singapurga o‘zining shaxsiy layneri hisoblangan Il-62'da parvoz qilgani haqida xabar bergandi. Biroq Janubiy Koreyaning "Ryonxap" agentligi KXDR yetakchisini tashish uchun Xitoy tomonidan taqdim etilgan Boeing 747'dan foydalanishi mumkinligini ma'lum qilgandi, bu samolyot odatda XXR oliy rahbariyatini tashishda qo‘llangan. Flightradar24 servisi 10 iyun kuni ertalab bu samolyotning Pxenyandan parvoz qilgandan so‘ng o‘z manzilini Pekindan Singapur tomon o‘zgartirgani haqida xabar bergan.
KXDR yetakchisi joylashgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:35 da Changi aeroportiga qo‘ngan. Kutib olish marosimidan keyin Kim Chen Inning 35 avtomobildan iborat korteji St. Regis mehmonxonasi tomon yo‘l olgan.
Boeing'dan tashqari yana ikki samolyot Pxenyandan Singapurga parvoz qilgan. Kim Chen Inning shaxsiy Il-62 bortidan tashqari aeroportga shuningdek Il-76 yuk samolyoti ham yetib kelgan. NHK xabariga ko‘ra, bu samolyot bortida Kim Chen Inning shahar bo‘ylab harakatlanishiga mo‘ljallangan avtomobillar joylashgan bo‘lishi mumkin. KXDR hukumati Kim Chen In Si Tszinpin bilan uchrashish uchun Xitoyning Dalyaniga parvoz qilganda ham xuddi shunday avtomobillar kortejini yetkazgan edi.
Donald Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv 12 iyunda bo‘lib o‘tishi kerak. AQSh prezidenti rejalari bilan tanish manbalarning Bloomberg'ga ma'lum qilishicha, rasmiy muzokaralar boshlanmasidan avval Tramp In bilan shaxsiy muloqotni yo‘lga qo‘ymoqchi, unda faqat tarjimonlar bo‘lishi aytilgan.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
22:13 / 31.10.2024