Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda Kim Chen Inning korteji videoga muhrlandi
Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga kelgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning korteji videoda muhrlandi. Kortejning bir nechta roligi Straits Times nashrining YouTube-kanalida joylashtirilgan.
Bu roliklardan birida Shimoliy Koreya bayroqlariga ega avtomobillar Kim Chen In va u boshchiligidagi delegatsiya to‘xtaydigan St. Regis mehmonxonasiga yaqinlashayotgani tasvirlangan.
Kim Chen In Singapur bosh vaziri Li Syanlun va tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan uchrashdi.
Tramp va Kim Chen In 12 iyunda uchrashadi. Sammitning o‘tkazilishi 20 mln dollarga baholangan.
Mavzuga oid
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026
Kim Chen In yana KXDRda eng oliy lavozimga saylandi
16:31 / 25.02.2026