Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda Tramp va Kim Chen In uchrashuvi arafasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Foto: YONHAP NEWS
Singapur hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning tashrifi vaqtida xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rdi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, sammit uchun katta ahamiyatga ega hududlar politsiyaning alohida nazoratiga olingan.
Jumladan, gap sammit o‘tadigan Sentosa orolidagi “Kapella” hamda Tramp va Kim Chen to‘xtaydigan “Shangri-La” va “Sent-Rejis” mehmonxonalari haqida ketmoqda.
Bu hududlarga qo‘shimcha politsiya kuchlari jalb qilingan, to‘siqlar o‘rnatilgan hamda tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Mahalliy politsiya sammit sababli transport qatnovidagi buzilishlarga sabr va tushunish bilan qarashga chaqirgan.
Bundan avvalroq Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishna mamlakati sammit o‘tkazilishiga to‘liq tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026
Kim Chen In yana KXDRda eng oliy lavozimga saylandi
16:31 / 25.02.2026