NBC News telekanaliga bergan intervyusida Tramp Eronga nisbatan iqtisodiy çeklovlarni yumşatiş yoki mamlakat aktivlarini ozod qiliş masalasi hozirça kun tartibida emasligini aytdi.
«Bu keyinroq böladi. Agar ular özini munosib tutsa va yaxşi iş qilsa, şundan keyin bu haqda gaplaşişni boşlaymiz», — dedi AQŞ prezidenti.
Trampning sözlariga köra, sanksiyalarni bekor qiliş yoki muzlatilgan mablağlarga ruxsat beriş Vaşington uçun muzokaralarning boşlanğiç şarti emas, balki ehtimoliy kelişuv natijasi bölişi mumkin.
Livan masalasi kelişuvning majburiy qismi emas
Oq uy rahbari intervyu davomida AQŞ Eron bilan qisqa muddatli kelişuv tuziş jarayonida Livan masalasini majburiy şart sifatida qöymayotganini ham ma’lum qildi.
Uning ta’kidlaşiça, Tehron Livan bilan boğliq masalalarni muzokaralarga kiritişni xohlaşi mumkin, ammo Vaşington buni talab qilmayapti.
Şu bilan birga, Tramp Isroilni Livandagi «Hizbulloh» harakatiga qarşi amaliyotlarda ehtiyotkorroq bölişga çaqirdi.
«Men Livanda hayot yaxşiroq bölişini xohlayman. “Hizbulloh”ga qarşi zarbalar yanada aniq va maqsadli bölişi kerak deb hisoblayman», — dedi u.
Xominaiy bilan uçraşuv ehtimoli
Tramp intervyuda Eron oliy rahbarining vorisi sifatida körilayotgan Mujtabo Xominaiy bilan töğridan töğri muzokaralar ötkaziş ehtimolini ham istisno qilmadi.
Jurnalistlar uning aniq qayerda ekani haqida savol berganida, AQŞ prezidenti bu haqda batafsil ma’lumot berişni istamadi.
«Uning qayerda ekanini bilamanmi-yöqmi, bu haqda gapirişni istamayman. Ammo bilişim ehtimoli juda yuqori», — dedi Tramp.
Vaşington va Tehron muzokaralarni davom ettirmoqda
Avvalroq Axios naşri AQŞ va Eron vakillari qurolli mojaroni hal etiş böyiça dastlabki kelişuv loyihasi yuzasidan muayyan kelişuvga yaqinlaşganini xabar qilgan edi.
Biroq hozirça heç qanday yakuniy hujjat imzolanmagan. AQŞ tomoni Erondan yadroviy qurol yaratiş dasturidan voz keçişni asosiy talablardan biri sifatida ilgari surmoqda.
Eron rahbariyati ham AQŞ bilan uruşni töxtatiş böyiça yakuniy kelişuv hali imzolanmaganini ma’lum qilgan.
Kuzatuvçilar fikriça, Trampning sönggi bayonotlari Vaşingtonning Eronga nisbatan bosim siyosatini saqlab qolgan holda diplomatik yeçim izlaşda davom etayotganini körsatadi.












