Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga butun umri davomida tayyorlangan – Maykl Pens
Foto: RT
AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens prezident Donald Tramp AQSh-Shimoliy Koreya sammitiga “butun umri davomida tayyorlanganini” aytdi. U bunday so‘zlarni Vashingtondagi tadbirda aytib o‘tdi.
“AQSh prezidenti va Koreya Mehnat partiyasi raisi Kim Chen In o‘rtasidagi tarixiy sammit yaqinlashmoqda. Prezident Tramp shu haftada aytganidek, u bu sammitga ishonch bilan olg‘a bormoqda. Haqiqat shundaki, Tramp bunga butun umri davomida tayyorlangan”, deb aytgan Pens.
Pensning aytishicha, Tramp “ko‘p yillar davom etgan muvaffaqiyatsiz siyosiy qarorlar va bajarilmagan va'dalarga chek qo‘ydi”. Uning ta'kidlashicha, AQSh ittifoqdoshlari bilan birga “qat'iy pozitsiyani egallab”, Shimoliy Koreyaga “misli ko‘rilmagan iqtisodiy va diplomatik bosim” o‘tkazgan. Pensning fikricha, aynan shu holat Pxenyanning o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishiga olib kelgan. “Shimoliy Koreya qishki Olimpiadada ishtirok etdi va Janubiy Koreya bilan sammit o‘tkazdi. Shimoliy Koreya yadroviy va raketa sinovlarini to‘xtatdi”, deb ta'kidlab o‘tgan Pens.
Pensning aytishicha, agar Tramp Kim Chen In Koreya yarimorolidagi vaziyatni tartibga solishga jiddiy munosabatda emasligini anglasa, unda u “vaqtini bekor sarflamaydi va o‘tmishning xatolarini qaytarmaydi”. “Prezident Tramp Kim Chen In haqiqatan ham o‘z xalqi uchun buyuk ish qiladi, deb ishonadi”, deb ta'kidlab o‘tgan vitse-prezident.
Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi tarixiy uchrashuv 12 iyunda Sentosa orolida joylashgan Capella mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025