Jahon | 22:33 / 11.06.2018
3844
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada noma'lum shaxs politsiyaga o‘q uzib 4 bolani garovga oldi

Foto: conservativefighters

Orlando shahri (Florida shtati)da noma'lum shaxs o‘t ochib, turar-joylardagi xonadonlardan biridagi to‘rt bolani garovga olgan. Fox News telekanali shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, otishma natijasida politsiyachilardan biri jiddiy jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan.

Telekanalda ma'lum qilinishicha, otishmadan keyin erkak 1, 7, 10 va 12 yoshdagi bolalarni garovga olib, xonadonga yashiringan. Bolalar gumonlanuvchining farzandlari bo‘lishi ham mumkin, degan taxminlar bor.

Hozirda maxsus  kuchlar gumondor bilan muzokaralar olib borishmoqda.

"Bizning asosiy vazifamiz bolalarning xavfsizligi. Umid qilamanki, u tinch yo‘l bilan taslim bo‘ladi", - deydi politsiya boshlig‘i.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid