Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ShHT tor doiradagi guruhga aylanib qolmasligi kerakligini aytdi
Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘zining asosiy tamoyillariga kelgusida ham amal qilishi, tor doiradagi guruhga aylanib qolmasligi va geosiyosiy o‘yinlar bilan shug‘ullanmasligi kerak, deb aytdi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ShHT sammitiga yakun yasagan holda.
“ShHTga a'zo barcha davlatlar kelgusida ham “Shanxay ruhi”ga amal qilishlari, tinch taraqqiyot va hamkorlik bayrog‘ini baland olib yurishlari, boshqalardan itarilib kichik guruhga aylanib qolmasligi, geosiyosiy o‘yinlar bilan shug‘ullanmasligi kerak. O‘zaro hurmat, adolat va o‘zaro manfaatga asoslangan xalqaro munosabatlar qurishga ko‘maklashishi zarur”, deb aytgan Van I.
Xitoy tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, ShHT uning tashkil etilishi vaqtida asos qilib olingan tamoyillar, jumladan boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarga qarshi yo‘nalmaganlikka amal qilishi lozim.
“Fikrimizcha, ShHT sog‘lom va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashi, davlatlar rahbarlari tomonidan Tsindaodagi sammitda erishilgan umumiy konsensusni so‘zsiz bajarishlari lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Xitoy vaziri.
Tsindao sammiti yakunlariga ko‘ra, 17 ta hujjat qabul qilindi. Ular orasida ShHTga a'zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik kelishuvi bandlarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash qarori, ShHTga a'zo davlatlarning terrorchilik, ayirmachilik va qo‘poruvchilikka qarshi kurash bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini tasdiqlash haqidagi hujjat bor.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026