Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida maxsus tergov xonalari tashkil qilindi (foto)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov boshqarmasida so‘roq jarayonlarini stenografiya qilish, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarini audio va video shaklida kayd etish tizimlari bilan jihozlangan kompleks tashkil etildi. Bu haqda KRuz.uz xabar bermoqda.
Kompleks maxsus tergov xonasi, voyaga yetmaganlarni so‘roq kilish xonasi va operator xonasidan iborat.
Ushbu maxsus tergov xonalarining qurilishida jabrlanuvchi va guvohlarni aybdor bilan yuzlashtirishda amal qilinadigan xalqaro me'yorlar inobatga olingan. Bunda gumondor shaxs o‘ziga nisbatan ko‘rsatma berayotgan guvoh jabrlanuvchi bilan yuzma-yuz ko‘rishmaydi, balki alohida xonada o‘rnatilgan monitor orqali ularni ko‘radi. Guvoh yoki jabrlanuvchi gumonlanuvchini ko‘rmaydi, negaki jinoyatga aloqador shaxsni ko‘rgan jabrlanuvchi ruhiy zarba olishi mumkun. Bu esa so‘roq jarayonini qiyinlashtiradigan holat hisoblanadi.
Shu sababli kompleksda kuzatuv kameralari o‘rnatilgan, tasvirni kerakli xonadagi monitorga uzatish bilan esa operatorlar shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025