Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga velosipedda kelgan saudiyalik o‘z yurti terma jamoasi mashg‘ulotiga tashrif buyurdi
Saudiya Arabistonidan Rossiyadagi jahon chempionatiga velosipedda kelgan sayohatchi Fahad Ibrohim Al-Yahyo Saudiya Arabistoni terma jamoasining Sankt-Peterburgdagi yopiq mashg‘ulotiga tashrif buyurdi. U milliy terma jamoani bevosita qo‘llab-quvvatlash uchun 5 ming kmdan ko‘proq yo‘l bosib o‘tgan.
“Bu g‘oya menda 20 yildan beri bor edi. Men 1998 yil Fransiyadagi jahon chempionati vaqtidayoq Fransiyaga borib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlashni orzu qilgandim. Biroq orzuim endigina ushaldi”, deb aytdi Al-Yahyo.
Muxlis Rossiyaga kelish uchun Misr, Turkiya, Gruziya va Rossiya hududlaridan o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Uning bu tashabbusi Saudiya Arabistoni rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. “Bizning monarxlar menga davlatimiz bayrog‘ini berishdi va men uni Moskvadagi elchimizga topshirdim”, deb ta'kidlab o‘tdi saudiyalik muxlis.
Al-Yahyo tajribali sayohatchi bo‘lishiga qaramay, yo‘lda sarguzashtlarga duch kelmaslikning iloji bo‘lmagan. Uning aytishicha, gohida ba'zi davlatlar chegarachilari bilan mojarolar chiqqan. “Men Rossiyada eng yaxshi narsalarni ko‘rdim. Menga hamisha “Xush kelibsiz” deyishardi. Adlerdan Moskvagacha menga hech kim xalaqit bermadi, hamisha qo‘llab-quvvatlashdi. Keyingi yilda bu yerga oilam bilan yana mehmonga kelaman”, deb qo‘shimcha qildi Al-Yahyo.
Al-Yahyoning milliy terma jamoa mashg‘ulotida paydo bo‘lishi saudiyalik muxlislar orasida mashg‘ulotning o‘zidan kam bo‘lmagan qiziqish uyg‘otdi. Muxlislar Al-Yahyoni qahramon deb atab, undan dastxatlar olishgan.
Saudiya Arabistoni A guruhida Rossiya (14 iyun, Moskva, “Lujniki”), Urugvay (20 iyun, Rostov-Don) va Misr (25 iyun, Volgograd) bilan bellashadi.
Mavzuga oid
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
14:20 / 24.01.2026
O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yangi elchisi ish boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026