Iqtisodiyot | 16:50 / 11.06.2018
14209
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda neft va ko‘mir qazib olish hajmi kamaydi

Foto: Sputnik

Dastlabki ma'lumotlar bo‘yicha, 2018 yilning yanvar-may oylarida respublika korxonalari tomonidan 75,4 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur'ati 110,8%ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining 7,0%ga (jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishiga qo‘shgan hissasi 5,4 punkt), tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning – 33,9%ga (o‘sishga qo‘shgan hissasi 5,0 punkt), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni kondittsiyalashning 1,4%ga (o‘sishga qo‘shgan hissasi 0,1 punkt) va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning – 39,8%ga (o‘sishga qo‘shgan hissasi 0,3 punkt) o‘sishi hisoblanadi.

Tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2018 yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 12,9 trln. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 17,1%ni tashkil etdi.

Tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi bo‘yicha chaqiq tosh qazib olish hajmi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga, kaolin - 2,0 martaga, gaz kondensati – 19,0%ga va tabiiy gaz – 6,3%ga oshgan. Shu bilan birga, neft qazib olish hajmining 9,4%ga va ko‘mirning – 4,0%ga kamayganligini kuzatish mumkin.

Mavzuga oid