Hisobotga muvofiq, joriy yilning dastlabki beş oyida mamlakatda ta’lim sohasida körsatilgan xizmatlar hajmi 18,8 trillion sömni taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 21 foizga köpdir.
Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasi 44,7 foiz uluş bilan yetakçilik qildi. Bu mazkur yönaliş ta’lim xizmatlari bozorida eng katta segment bölib qolayotganini körsatadi.
Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahrida qayd etildi. Poytaxtda ta’lim xizmatlari hajmi 9,7 trillion sömga yetgan.
Keyingi örinlarni Samarqand viloyati (1,3 trillion söm) va Farğona viloyati (1,1 trillion söm) egalladi.
Şuningdek, Andijon viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 918,9 milliard söm, Toşkent viloyatida 908,4 milliard söm, Namangan viloyatida 901,3 milliard sömni taşkil etgan.
Buxoro viloyatida uşbu körsatkiç 799 milliard söm, Qaşqadaryo viloyatida 782,2 milliard söm, Xorazm viloyatida 578,9 milliard söm, Surxondaryo viloyatida 577,5 milliard söm, Qoraqalpoğiston Respublikasida 533,2 milliard sömga yetgan.
Eng past körsatkiçlar Jizzax viloyati (279,9 milliard söm), Navoiy viloyati (244,4 milliard söm) va Sirdaryo viloyati (192,1 milliard söm) hissasiga töğri kelgan.

















