Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tariladi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 iyun kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 18-20, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 19-24, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 18-23, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.