Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:00 / 12.06.2018
10945
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda kuchli yomg‘irlar sababli favqulodda vaziyat tartibi kiritildi
Qirg‘izistonda selga olib kelgan kuchli yomg‘irlar sababli favqulodda vaziyat tartibi kiritildi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Yomg‘irlar sababli 5 ta qishloqqa sel kelgan. Oqibatda 16 ta uy, bolalar bog‘chasi, 30 kmga yaqin avtomobil yo‘li, 6 ta ko‘prik hamda irrigatsion kanallarga shikast yetgan. Ayni vaqtda voqea joyida 100ga yaqin qutqaruvchi ishlamoqda.
Shuningdek, aholini vaqtinchalik chodirlarga evakuatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026