Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maqsad - mahsulotlar narxini arzonlashtirish» - Prezident Farg‘onada qishloq xo‘jaligi loyihalari bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Quva tumaniga tashrifi chog‘ida Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi.
Parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, tuyachilik, kartoshkachilik, limonchilik tarmoqlarini rivojlantirish, agrologistika markazi tashkil etish, yer o‘lchash, suvdan unumli foydalanish va boshqa loyihalar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
«Bu tarmoqlar xalqimizning rizqi manbai. Maqsadimiz - mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish hisobidan oziq-ovqat tovarlari narxini arzonlashtirish. Odamlar hozirgidek daromadi bilan ham to‘q, farovon yashashga imkoni bo‘lsin», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.
Prezident tadbirkor va mutaxassislar bilan suhbatlashgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, ularni saqlash, qadoqlash va iste'molchilarga yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Mavzuga oid
19:19 / 01.12.2025
Quvada erkak turmush o‘rtog‘i va ikki farzandini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
15:12 / 23.11.2025
“50 tonnagacha hosil olamiz” - Quvadagi sabzi paykaliga sayohat
17:40 / 20.11.2025
“Ko‘mirning o‘zi bilan bahorga chiqib bo‘lmaydi” - Quvaliklar qishga tayyorlanmoqda
23:35 / 09.11.2025