Quva tumanining Akbarobod qişloğida qizil sabzining eng oliy navi yetiştiriladi, çunki yeri unumdor, suvi yaxşi. Ayni paytda qirov yegan sabzilar yiğiştirib olinib muzlatkiçlarga joylanyapti.
Dalaga borganimizda sabzi terimiga jalb qilingan bir guruh ayollar tuşlik qilayotgan ekan.
“Andijon viloyati Şahrixon tumanidan 20-30 nafar ayol kelib Quva tumanida sabzi yiğiştiramiz. Traktor kultivatsiya qilib ketadi. Biz sabzini bandidan olib tozalab beramiz, erkaklar qopga solib beradi.

Sabzilarni bozorlarga, muzlatkiçlarga olib ketişyapti. Fermerlarimiz kunlik işlarni taşkil qilib berişyapti. Har kuni iş bor. Kuniga 120, 130 ming pul işlaymiz. Paxta mavsumida paxta teramiz”, deydi Tölqinoy Töxtasinova.

Dehqonlar gektaridan örtaça 50 tonnagaça hosil olişadi. Har yili sabzi sotib olib maxsus muzlatkiçda saqlab bahordan sotuvga çiqaradigan tabdirkorning aytişiça, dalaning özida ayni paytda 1 kg qizil sabzi örtaça 2 000 sömdan sotilayotgan ekan.

“Muzlatkiçlar örtaça 100 tonnadan 120 tonnagaça sabzi qabul qiladi. Muzlatkiç egasi har bir kg sabzi uçun 100 sömdan oylik ijara haqi oladi. 100 tonna sabzi uçun to bahorgaça har oy 10 million sömdan ijara puli beraman. Bahordan boşlab sekin-asta bozorlarda sabzi tanqis bölib, narxlar siljişni boşlaydi.

Öşa paytdan boşlab sabzilarni sotişni boşlaymiz. Qöşni respublikalarga viloyatimizdan sabzi eksport yoki import bölişi hisobiga narx istalgan paytda özgarişi mumkin. Bunday taşqari sabzi narxining özgarişi va iste’mol miqdori bevosita şoli hosildorligiga ham boğliq. Guruç narxi pasaysa sabzi iste’moli ortadi. Iste’mol ortişi narxlarga ta’sir qiladi”, deydi tadbirkor.
Sarvar Ziyoyev,
Sardor Mamirov,
















