Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyevning maxsus vakili Yevroittifoq maxsus vakili bilan uchrashdi
2018 yilning 12 iyun kuni TIVda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roland Kobia bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida Afg‘oniston va unga chegaradosh mintaqada shakllanayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.
Afg‘oniston markaziy hukumati va «Tolibon» harakati 2001 yildan buyon ilk bora Ramazon hayiti davrida uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish va sulh tartibini kiritishga rozi bo‘lishlari mintaqada umid bilan kutib olindi va bu mamlakatda tinchlik jarayonida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.
Uchrashuvda 2018 yil 27 mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:15
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026