Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kanada bosh vaziri “qimmatga tushadigan xato” qilganini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp ABC telekanaliga bergan intervyusida Kanadada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” sammiti yakunlariga izoh berdi.
Tramp boshqa masalalar orasida Vashingtonning iqtisodiy siyosatini tanqid qilgan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning so‘zlari haqida salbiy fikr bildirdi.
Trampning aytishicha, Tryudo “nafsoniyatga teguvchi so‘zlar” aytgan va “unga qimmatga tushadigan” xatoga yo‘l qo‘ygan.
“U buni qilishi kerak emasdi. Bu unga qimmatga tushadigan xato bo‘ldi”, deb aytgan Tramp.
Trampning aytishicha, “yettilik”ka kiruvchi davlatlar yetakchilari sammitning oxirgi kuni Tryudo to‘satdan bunday so‘zlarni aytmagunigacha “o‘zlarini baxtiyor sezayotgandilar”. Biroq shunga qaramay, Tramp Tryudoga yaxshi munosabatda ekanligini aytgan.
Trampning bosh iqtisodiy maslahatchisi Larri Kudlou Tryudo tomonidan AQSh bojlarining tanqid qilinishini “orqadan pichoq urish” deb atagan.