Jahon | 23:07 / 12.06.2018
6384
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada TANAP gaz quvuri ochilishi bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning Eskisheher viloyatida Transanatoliya gaz quvuri –  TANAP’ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu gaz quvuri orqali Ozarboyjon gazi Rossiyani chetlab o‘tgan holda Yevropaga yetkaziladi.

Kompressor-o‘lchash stansiyasida o‘tgan marosimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ishtirok etdi.

Foto: aa.com.tr

Erdo‘g‘an o‘z nutqida ushbu loyihani “Energetik Ipak yo‘li” deb atagan.

Gaz quvurining o‘tkazish quvvati yiliga 16 mlrd kubmetr gazni tashkil qiladi, bu hajmdan 6 mlrd kubmetrini Turkiya oladi, qolgan 10 mlrd kubmetri Yevropa janubidagi davlatlarga yetkaziladi. 

Foto: aa.com.tr

Uzunligi 1850 km bo‘lgan gaz quvuri orqali Ozarboyjonning Shox-Deniz konidan olinadigan gaz Turkiyaning g‘arbiy chegaralarigacha yetkaziladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid