Özbekiston Yoşlar ittifoqi navbatdagi taşabbusi haqida e'lon qilib, ijtimoiy tarmoqda kulgiga qoldi.

Ittifoqning feysbukdagi rasmiy sahifasida Yoşlar Ittifoqining Buxoro şahar kengaşi tomonidan amalga oşirilgan tadbir töğrisida hisobot berilgan.

«40 nafar uyuşmagan yoş Buxoro şahridagi mardikor bozoriga 1-2 söm pul topiş ilinjida çiqadi. Bozorda kunlik yo haftalik iş topgan yoş turli şaroitlarda işlaydi ham, ammo ertaga şu iş bormi yo yöq, bu ham noma'lum. Buning ustiga bu yoşlar ham jamiyatda öz örnini topişni, munosib şaroitlarda işlaşni istaydi. Yoşlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanişga ular ham haqli, albatta», deyiladi xabarda.

Ammo ittifoq bu yoşlarni doimiy iş bilan ta'minlab qöymagan, ularga mavsumiy yoki kunlik iş ham topib bermagan.

«Yoşlar ittifoqi Buxoro şahar Kengaşi taşabbusi bilan ana şu yoşlarni bir maqsad yölida birlaştiriş, ularni soğlom turmuş tarziga tarğib qiliş, faollikka çaqiriş maqsadida futbol musobaqasi taşkil etildi. Musobaqa avvalida yoşlar «Ittifoq farzandlari» hamda «Özbekiston yoşlari» jamoalariga bölinişdi. Şundan söng, qizğin va murosasiz öyin boşlandi. Ketma-ket qilingan hujumlar, munosib himoya öyinni yanada qiziqarli ötişiga zamin böldi. Musobaqa natijalariga köra, «Ittifoq farzandlari» jamoasi «Özbekiston yoşlari» jamoasini 3:0 hisobiga mağlub qilib, ğoliblikni qölga kiritdi», deya davom etiladi xabarda.

Öyindan söng «ğolib va sovrindorlar»ga Ittifoqning Buxoro şahar kengaşi tomonidan diplom va esdalik sovğalar — bir litrdan paxta yoği va elektr-çoynaklar topşirilgan.

Foto: Facebook / Yoşlar Ittifoqi

Bu post ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining ham kulgisiga ham noroziligiga sabab bölgan. Ular Ittifoq a'zolari bölmagan yoşlarni «ma'naviyati qaşşoq», «uyuşmagan yoşlar» kabi haqoratli atamalar bilan atamaslikni söraşgan.

«Tirikçilik dardida köçaga rizqini qidirib çiqib halol mehnat qilganlarni nega «uyuşmagan yoşlar» degan xunuk söz bilan qöşib yozasizlar?» (우즈백)

«Buning örniga katta iş olgan quruvçilar bilan gaplaşib uylar, binolar qurilişini gaplaşib bermabsizlarda. 1-2 oy iş bilan ta'minlanar edi. Ğişt uradimi, suvoqçilikmi, hamma özining qölidan keladigan işini qilsa...» (