Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnika va texnologiya yo‘nalishidagi bakalavrlar uchun yangi “Oliy matematika” darsligi nashr qilindi
Toshkent arxitektura qurilish instituti o‘qituvchisi, dotsent Shavkat Xurramov muallifligida texnika va texnologiya yo‘nalishidagi 3 jildli “Oliy matematika” darsligining birinchi va ikkinchi jildi nashr qilindi.
Darslik Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan barcha nomutaxassis (matematika mutaxassisligidan tashqari ya'ni texnika, texnologiya, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlar) bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari uchun tavsiya qilingan.

20 dan ortiq zamonaviy xorijiy adabiyotlar va o‘qitish texnologiyalari asosida yozilgan ushbu ikki jildda Oliy matematika fanining barcha bo‘limlariga oid nazariy tushunchalar keltirilgan. Darslikning har bir mavzusida tegishli bilimlar talabalar tomonidan mustaqil o‘zlashtirilishiga, ularda fan yuzasidan ko‘nikma va malakalarni shakllantirilishiga hamda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirilishiga yo‘naltirilgan.
Darslik “Tafakkur” nashriyotida tomonidan lotin yozuvida nashr etilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar texnika va texnologiya yo‘nalishidagi qo‘llanma sifatida 1990 yillar boshlarida nashr qilingan, professor Yo.U.Soatovning 5 tomli “Oliy matematika” darsligidan foydalanib kelinar edi.
Mavzuga oid
23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
15:16 / 12.12.2024
2025 yilda darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi
18:42 / 30.10.2024
Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov tiklanishi mumkin
14:50 / 23.10.2024